23:12 / 09.02.2019
3 808

O‘zbekiston OTJ Ispaniyada 3 ta uchrashuv o‘tkazadi

O‘zbekiston OTJ Ispaniyada 3 ta uchrashuv o‘tkazadi
Foto: O‘FA matbuot xizmati
O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi shu yilning mart oyida Tokio-2020 olimpiadasiga yo‘llanma beruvchi Osiyo chempionati saralashida qatnashadi.

Ushbu musobaqaga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Lyubinko Drulovich boshchiligidagi O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi shu yilning 14-25 fevral kunlari Ispaniyaning San-Pedro-del-Pinatar shahrida yig‘in o‘tkazadi, deb xabar berdi O‘FA matbuot xizmati.

Yig‘in davomida terma jamoamiz 3ta nazorat uchrashuvida maydonga tushadi. Jumladan, 16 fevral kuni Avstriyaning «VSG Vattens» klubiga qarshi maydonga tushishadi. 19 fevralda esa «Real Mursiya A» jamoasi bilan kuch sinashishadi. 21 fevral kuni «Lokomotiv Tbilisi» jamoasiga qarshi nazorat uchrashuvi o‘tkazish rejalashtirilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston OTJ Ispaniyada 3 ta uchrashuv o‘tkazadi