
«Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu A Seriyaning 23-turida «Sassuolo» darvozasini ishg‘ol etdi, uchrashuv uning jamoasi foydasiga 3:0 hisobida yakun topdi.
E’tiborlisi, Ronaldu Italiya chempionatida qatorasiga to‘qqizinchi safar o‘yinida gol muallifi bo‘lmoqda. Bu – nafaqat uning shaxsiy karerasidagi, balki A Seriya tarixidagi eng uzoq seriya hisoblanadi.
Shu bilan birga, portugaliyalik yulduz 2018/19 mavsumidagi barcha musobaqalarda urgan gollarini sonini 20 taga yetkazdi. U qatorasiga 13-mavsumda kamida 20 ta to‘p kiritib kelmoqda. Krishtianu «Manchester Yunayted» safida 3 mavsum, «Real»da 9 mavsum davomida 20 va undan ko‘proq marta raqib darvozasini ishg‘ol etgan.
Eslatib o‘tamiz, Ronaldu A Seriya to‘purarlar ro‘yxatini boshqarmoqda. Uning hisobida 23 o‘yinda urilgan 18 ta gol va 7 ta samarali pas bor. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar