Og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionatida jahon rekordi qayd etildi. Bu haqda GoSport xabar bermoqda.
Samarqanddagi o‘yin turlari va yengil atletikaga ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktabida 2002 yil tug‘ilgan va undan kichik yoshdagi o‘smirlar o‘rtasida bo‘lib o‘tayotgan O‘zbekiston chempionatining qizlar o‘rtasidagi bahslarida, -64 kg vazn toifasida musobaqada ishtirok etayotgan Kumushxon Fayzullayeva dast ko‘tarishda 97 kg toshni o‘ziga bo‘ysundirgan holda musobaqa oltin medali bilan bir qator mazkur vazn toifasida o‘smirlar o‘rtasidagi jahon rekordini yangiladi.
Yoshlar o‘rtasida jahon chempioni, o‘smirlar o‘rtasida olimpiada chempioni bo‘lgan Fayzullayeva siltab ko‘tarishda 121 kg, jami 218 kg natija bilan o‘z vazn toifasida tengsiz deb topildi.
Ma’lumot uchun, o‘smirlar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionatida yigitlar va qizlar o‘ntadan vazn toifasida bahs yuritishdi. Besh kun mobaynida o‘tkazilgan musobaqada Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlardan 250 nafardan ziyod o‘g‘il-qizlar ishtirok etishdi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Sun’iy intellekt qadimgi yunon faylasufi Platonning qabrini topdi
“Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi?
O‘zbek futbolchilari qilgan ishni ko‘pchilik uddalay olmagan!
Mask Ukraina va AQSH o‘rtasidagi muzokaralarni bir so‘z bilan ta’rifladi
Green Card javoblari qachon chiqishi e’lon qilindi
Ekspert: G‘arb Rossiya g‘alabasidan keyin quvg‘indagi Ukraina hukumatini yaratishi mumkin