date
views 4 918

OChL saralashining pley-off bosqichi yakunlandi – «Paxtakor» «o‘lim guruhi»ga tushdi

OChL saralashining pley-off bosqichi yakunlandi – «Paxtakor» «o‘lim guruhi»ga tushdi
Osiyo Chempionlar Ligasida saralash o‘yinlarining pley-off bahslari yakunlandi. Sharqiy mintaqada Janubiy Koreya, Xitoy va Yaponiya klublari birorta yo‘qotishsiz guruh bosqichiga yo‘l olishdi. Avstraliya bitta klubidan ajraldi.
G‘arbiy mintaqada Eron, Saudiya Arabistoni, Qatar va O‘zbekistonning bittadan klubi guruh bosqichiga yo‘l oldi.

OChL pley-off bosqichi
19 fevral
Sharqiy mintaqa


Ulsan Hyundai (Janubiy Koreya) – Perak (Malayziya) 5:1
Gollar: Azhan (23 avtogol), Diskerud (56,58), Li (70), Negao (87) – Hoshim (90)

Shandong Luneng (Xitoy) – Ha Noi (Vetnam) 4:1
Gollar: Lyu Junshuay (65), Pelle (73), Lyu Binbin (86), Jou (90+2) – Nguyen Van Quyet (39)

Sanfrechche Xirosima (Yaponiya) – Changrai Yunayted (Tailand) 0:0 pen. 4:3

Kashima Antlers (Yaponiya) – Nyukasl Jets (Avstraliya) 4:1
Gollar: Ito (18), Yamamoto (32), Serxio (67 pen, 90+1) – Vargas (23)

G‘arbiy mintaqa
An-Nasr (BAA) – Paxtakor (O‘zbekiston) 1:2
Gollar: Alvaro Negredo (58 pen) – Dragan Cheran (31 pen), Marat Bikmayev (50)

An-Nasr (Saudiya Arabistoni) – OKMK (O‘zbekiston) 4:0
Gollar: Xavsaviy (55), Al-G‘annam (62), Juliano (80, 90+3)

Ar-Rayyan (Qatar) – Saypa (Eron) 3:1
Gollar: Rivas (27, 90), Soriya (89) - Romizoniy (3)

Al-G‘arafa (Qatar) – Zo‘b Ohan (Eron) 2:3
Gollar: A’loiddin (21), Torimiy (36) – Osaguona (47), Mutohiriy (63), Mahdiy (79)

«Paxtakor» klubi turnirning guruh bosqichida «o‘lim guruhi»dan joy oladigan bo‘lishdi.
Shota Arveladze shogirdlari «D» guruhida Qatarning «As Sadd», Eronning «Persepolis» hamda Saudiya Arabistonining «Al Ahli» jamoalari bilan pley-offga chiqish uchun bahs olib boradi.

Qayd etish kerakki, «Paxtakor»ning guruhdoshlaridan «Persepolis» o‘tgan yilgi musobaqaning finalchisi bo‘lsa, «As Sadd» Xavi yetakchiligida yarim finalgacha borgandi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » OChL saralashining pley-off bosqichi yakunlandi – «Paxtakor» «o‘lim guruhi»ga tushdi