O‘rtoqlik o‘yini. «Real» «Milan»ga yutqazdi

Madridning "Real" va Italiyaning "Milan" jamoalari o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazishdi. O‘yin BAAning Dubay shahrida bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda Stadion.uz.
Ushbu o‘yinda, kutilmaganda, milanlar 4:2 hisobida g‘alaba qozonishdi. Stefan el-Sha’raviy "dubl"ga erishdi. Inzagi shogirdlarining qolgan gollarini Menez va Passini o‘z hisoblariga yozishdi. "Real"ning gollariga Ronaldu va Benzema mualliflik qilishdi.
Jamoalar o‘yin davomida ikki xil tarkib bilan o‘ynashdi.
Real Madrid Ispaniya – Milan Italiya 2:4 (1:2, 1:2)
Gollar: 0:1 – 24 Menez, 0:2 – 31 el-Sha’raviy, 1:2 – 35 Ronaldu, 1:3 – 48 el-Sha’raviy, 1:4 – 73 Passini, 2:4 – 84, penalti Benzema.
Real Madrid – Navas (Kasilyas, 46), Arbeloa (Karvaxal, 46), Nacho, Varan (Pepe, 46), Koentrau (Lorente, 46), Isko (Markos Lorente, 65), Ilyarramendi (Kroos, 46), Xedira (Xames, 46), Xese (de Tomas, 65), Ernandes (Benzema, 46), Ronaldu (Beyl, 46).
Milan – Lopes (Agassi, 58), Mekses, Albertassi (Armero, 46), Sapata (da Kosta, 46), Bonera (Dzakkardo, 46), Muntari (Mastur, 77), Bonaventura (Nyang, 59), Menez (Passini, 55), de Yong (Poli, 46), Montolivo (Essen, 46), el-Sha’raviy (Saponara, 69).
Ogohlantirishlar: Kroos (70), Karvaxal (72), Pepe (72). “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing