
Italiya chempionatining 25-turidan o‘rin olgan «Bolonya» – «Yuventus» uchrashuvi o‘z nihoyasiga yetdi. «Renato Dall'Ara» stadionida bo‘lib o‘tgan bahsda mehmonlarning qo‘li baland keldi.
O‘yin o‘rtacha tempda boshlandi, birinchi bo‘lim teng kurashlar ostida o‘tdi. Tanaffusdan so‘ng ham o‘yin tempi ko‘tarilgani yo‘q. 67-daqiqada Pauolo Dibala jamoasining kam sonli hujumlaridan birini gol bilan yakunladi.
Shundan so‘ng mezbonlar faollikni oshirishdi va ayniqsa so‘nggi daqiqalar mezbonlarning kuchli bosimi ostia kechdi. Biroq o‘yin yakuniga qadar hisob o‘zgarmadi.
A Seriya, 25-tur
Bolonya – Yuventus 0:1 (0:0, 0:1)
Gol: 0:1 – 67 Dibala.
Bolonya – Skorupski, Larangeyra, Xelander, Mbaye, Deyks, Soriano, Pulgar (Falchinelli, 85), Poli (Donsa, 78), Edera (Orsolini, 52), Sansone, Santander.
Yuventus – Perin, De Shilo, Rugani, Bonuchchi, Joau Kanselu, Bentankur, Matyuidi (Pyanich, 78), Bernardeski (Kellini, 87), Aleks Sandro (Dibala, 59), Mandjukich, Ronaldu.
Ogohlantirishlar: Pulgar (6), Bentankur (16), Sansone (74), Joau Kanselu (90).
Manba: www.uff.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar