
Angliya chempionatining 27-turidan o‘rin olgan «Arsenal» – «Sautgempton» uchrashuvi o‘z nihoyasiga yetdi. «Emireyts» stadionida bo‘lib o‘tgan bahsda mezbonlarning qo‘li baland keldi.
Uchrashuvning 6-daqiqasida Aleksandar Lyakazett londonliklarni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 17-daqiqada Genrix Mxitaryan hisobni oshirdi. Qolgan daqiqalarda hisob o‘zgarmay qoldi.
Shu tariqa, «Arsenal» ochkolarini 53 taga yetkazib olgan holda to‘rtinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi, «Sautgempton» (24) esa 18-pog‘onada bormoqda.
APL, 27-tur
Arsenal – Sautgempton 2:0 (2:0, 0:0)
Gollar: 1:0 – 6 Lyakazett, 2:0 – 17 Mxitaryan.
Arsenal – Leno, Lixtshtayner (Koselni, 56), Kolashinats, Mustafi, Papastatopulos, Remzi (Ozil, 63), Torreyra, Ivobi (Obameyang, 75), Mxitaryan, Djaka, Lyakazett.
Sautgempton – Gann, Targett, Bednarek, Vestergor, Valeri, Uord-Prouz, Romeu, Redmond, Xeyberg, Armstrong (Obafemi, 46; Elyunussi, 65), Stivens (Ostin, 46).
Manba: www.uff.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar