Bugun, 25 fevral kuni Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti Umid Ahmadjonov Toshkentdagi «Hyatt Regency» mehmonxonasida Xalqaro Kurash Assotsiatsiyasi prezidenti, Osiyo Olimpiya Kengashining Osiyo o‘yinlari departamenti direktori Haydar Farmon bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unda o‘zbek milliy sporti hisoblangan kurashning Osiyo o‘yinlaridagi o‘rnini mustahkamlash yo‘lida muzokaralar olib borildi.
Uchrashuvda MOQ rahbari musobaqaning kurash bo‘yicha bahslarida vaznlar toifasini ko‘paytirish g‘oyasini ilgari surdi. Ushbu taklif Xalqaro kurash assotsiatsiyasi prezidenti tomonidan ham qo‘llab-quvvatlandi. Bu bo‘yicha Osiyo Olimpiya Kengashi xulosasi Hanchjou-2022, Nagoya-2026 o‘yinlari tashkiliy qo‘mitasiga ham yuborildi.
Uchrashuv yakunlariga ko‘ra, 2022 yilgi Osiyo o‘yinlaridan boshlab kurash 15 ta vazn toifasida (7 ta erkaklar, 8 ta ayollar) tashkil etiladi. Shuningdek, erkaklar va ayollar o‘rtasida jamoaviy bellashuvlar ham o‘yinlar dasturidan o‘rin oladi. Shu tariqa, o‘zbek milliy sporti nufuzi Osiyo o‘yinlarida yanada ko‘tariladi va kurash bahslarda umumiy hisobda 17 ta medallar jamlanmasi o‘ynaladi.
Haydar Farmon kecha, 24 fevral kuni Osiyo Olimpiya Kengashi prezidenti Shayx Ahmad Al-Fahad As-Saboh boshchiligidagi delegatsiya tarkibida O‘zbekistonga tashrif buyurgan.
Eslatib o‘tamiz, 2018 yilgi Osiyo o‘yinlarida kurash ilk marotaba musobaqa dasturidan o‘rin oldi. Indoneziya mezbonlik qilgan o‘yinlarda milliy sportimiz bo‘yicha 7 ta vazn toifasida bahslar tashkil qilindi.
Osiyo o‘yinlarida 7 ta vazn toifasida (4 ta erkaklar, 3 ta ayollar) bellashuvlar o‘tkazilgan. Musobaqada yurtimiz sharafini himoya qilgan 14 sportchidan 12 nafari medallarga sazovor bo‘lgandi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi