
UFC chempioni Habib Nurmagomedovning menejeri Abdulaziz Alining fikricha, Konor Makgregor dog‘istonlik bilan qayta jang uyushtirishdan qochmoqda. Bu haqda Daryo xabar beradi.
«Konor qayta jang o‘tkazish haqida so‘ramadi. U hattoki revansh jangi haqida ham o‘ylamayapti. Uning otasi, onasi, ayoli, bolalari, butun Irlandiya ikkinchi jangdan qo‘rqmoqda. Ular hatto «revansh» so‘zini aytishdan qo‘rqadi. Qo‘rquv butun Irlandiyani qamrab oldi. Habib har kim bilan kurashga tayyor: tuya, eshak, ayiq. U hatto yo‘lbars bilan kurashga ham tayyor. Men faqat bitta narsani bilaman: biz Konor tinchgina kun o‘tkazishini, o‘z hayotida xotirjam yashashini xohlaymiz. U hal qilishga kuchi yetmaydigan vazifalarni bajarmasligini unutmasligi kerak», — deydi Abdulaziz.
Habib Nurmagomedov o‘tgan yilning oktyabr oyida Konor Makgregorni UFC 229 musobaqasida mag‘lub etgandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar