17:37 / 03.03.2019
5 416

Futbol qoidalariga jiddiy oʻzgartirishlar kiritildi

Futbol qoidalariga jiddiy oʻzgartirishlar kiritildi
Xalqaro futbol uyushmalari kengashi (IFAB) Shotlandiyaning Aberdinida oʻtgan yigʻilishda futbol qoidalarining yangi tahririni tasdiqladi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati maʼlum qildi.

Birinchi navbatda toʻpga qoʻl bilan oʻynash holatiga aniqlik kiritilgan. Yangi tahrirga koʻra, endilikda golli uzatma berish yoki gol urilishi bilan tugagan toʻpga qoʻl bilan oʻynalgan holatda toʻpga ataylab tegilmagan boʻlsa ham, gol hisobga olinmaydi va futbolchi ehtiyotsizlik uchun jazolanadi.

Ikkinchi oʻzgarish — almashtirilayotgan futbolchi maydonni unga eng yaqin joyidan tark etishidan iborat. Avval futbolchilar butun maydon orqali texnik hududga borish kerak boʻlgan. Bu oʻzgarish ataylab vaqtni choʻzmaslik maqsadida kiritildi.

Uchinchidan, jamoa vakillariga sportga xos boʻlmagan xatti-harakatlar uchun sariq va qizil kartochkalar koʻrsatilishi bilan bogʻliq qoidalar aniqlashtirildi. Shuningdek, toʻp darvozadan oʻyinga kiritilganda unga himoyachi tegishidan oldin jarima maydonini tark etishi lozimligi qoidasi bekor qilindi.

Qoidalar ichida eng ahamiyatlisi — jarima zarbasini amalga oshirish vaqtida jonli devor hosil qilinishi bilan bogʻliqdir. Endilikda hujum qilayotgan jamoa futbolchilariga jarimani amalga oshirish vaqtida raqib jamoa futbolchilariga xalaqit qilish va toʻp uchun ochiq joy qoldirish maqsadida jonli devorga turish taqiqlanadi. AP nashri xabarida aniqlik kiritilishicha, hujum qilayotgan jamoa futbolchilariga jonli devorga 1 metrdan yaqinroq masofada turish taqiqlanadi.

Shuningdek, penalti amalga oshirilishi vaqtida darvozabonlarga bir oyoqlarini darvoza chizigʻida ushlab turishlari kifoya qiladi. Avval bunday holatda darvozabonlar ikki oyoqlarini chiziq ustida ushlab turishi talab etilgan.

Yangi qoidalar 2019 yil 1 iyundan kuchga kiradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Futbol qoidalariga jiddiy oʻzgartirishlar kiritildi