“Real” klubi YECHL 1/8 finalida “Ayaks”ga yutqazib musobaqadan chiqib ketgach “Santyago Bernabeu”dagi kiyinish xonasida himoyachi Serxio Ramos va prezident Florentino Peres oʻrtasida kelishmovchilik yuzaga kelgan.
32 yoshli futbolchi diskvalifikatsiya sabab oʻyinni oʻtkazib yuborgan, ammo bahs yakunlangach yechinish xonasiga tushgan.
Peres yirik magʻlubiyatdan soʻng “Real” futbolchilarini koyigan. Prezident oʻyinchilarning oʻz ustida ishlamay qoʻygani va dam olish kunlarining koʻpligi haqida gapirgan. AS nashrida xabar qilinishicha, Peres gaplarining birida “sharmandali” soʻzini ham ishlatgan.
Bu orada Ramos funksioner bilan tortishib qolgan. Marca nashrida xabar qilinishicha, Peres Ramosga jamoadan xaydab yuborish bilan taxdid qilgan. Futbolchi esa: “Hisob-kitob qilib qoʻy va men ketaman”, - degan.
Ramos shuningdek, ushbu gaplarni aytgan: “Men bu ramz uchun, klub uchun va xatto sen uchun borimni berdim”. Kiyinish xonasidagi barcha futbolchilar ushbu janjalning guvohi boʻlishgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Toshkent viloyatida ekologiya inspektorlari hujumga uchradi
Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi
Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi
Har bir qizning orzusi: turk seriallaridagi eng chiroyli 4 ta to‘y
Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi
Ukraina 300 mingta dron sotib olish uchun pul ajratadi
Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi