
Mutlaq jangchilar chempionati (UFC) rahbari Dana Uayt nima sababdan aralash yoʻnalish (MMA) jangchilari Konor Makgregor va Donald Serronening bahsi oʻtkazilmasligi haqida aytib oʻtdi.
Tashkilot rahbari bildirishicha, irlandiyalik UFCʻning yengil vazndagi chempioni Habib Nurmagomedov bilan revanshga umid qilayotgani tufayli amerikalikka qarshi jang oʻtkazilmaydi.
“Aslida, Konor faqat Habib bilan jang qilmoqchi. Unga keyingi raqibni tanlash imkonini bering. Serrone kecha mening ofisimga keldi va u ham jang qilishni xohlayapti”, - deya Uaytning soʻzlarini keltiradi MMA Junkie.
2018 yilning oktyabrida Nurmagomedov Makgregorni boʻgʻish usulida magʻlubiyatga uchratdi. Hozirgi vaqtda har ikki jangchi bahsdan keyingi mushtlashuv uchun diskvalifikatsiya muddatini oʻtamoqda.
Dana UaytMMA JangchilariKonor MakgregorDonald SerroneHabib NurmagomedovYengil VaznRevansh UmidiJang O'tkazishMushtlashuv Muddatlari O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar