13:34 / 13.03.2019
3 522

Xorxe Fossati: “Men ham oʻz jamoamda ”Paxtakor“ oʻyin uslubini tadbiq etishga urinaman”

Xorxe Fossati: “Men ham oʻz jamoamda ”Paxtakor“ oʻyin uslubini tadbiq etishga urinaman”
OCHL 2-turidan oʻrin olgan “Paxtakor” - “Al Ahli” (1:0) uchrashuvidan soʻng mehmonlar ustozi Xorxe Fossati matbuot anjumanida ishtirok etdi.

“Bugungi bahs juda qiyin oʻtishi haqida kecha oʻyindan oldingi matbuot anjumanida ham aytgandim. ”Paxtakor" uchun mavsum endi boshlanmoqda, ular adashmasam 4 ta rasmiy oʻyin oʻtkazishdi. Biz esa oxirgi bir oy ichida 8 ta uchrashuvda ishtirok etdik. Oʻyinga tayyorgarlik koʻrish va taktika tanlashda futbolchilarimning jismoniy holatini ham hisobga olishim kerak edi. Hatto mashgʻulotlarda qiyinchilikka duch keldim.

Oʻyinning dastlabki 10 daqiqasida yaxshi oʻynadik. Toʻpga egalik qilishda yaxshi taassurot qoldirishdi. Oʻyinning 20-25-daqiqasida asta-sekin raqib tashabbusga ega boʻldi. Buning ustida ishlashimiz kerak.

Toʻgʻrisi biz koʻproq hujum qila olamiz deb oʻylagandim. Ammo “Paxtakor” bunga yetarlicha qarshilik koʻrsatdi. Bugungi oʻyinda “Paxtakor” gʻolib chiqishga haqli edi. Hakamlik haqida nimadir degan boʻlardim, ammo bu mening vakolatimga kirmaydi.

“Paxtakor” haqida umumiy fikr bildiraman. Raqib tashkiliy jihatdan yaxshi shakllanib borayotgan jamoaga aylanib bormoqda. Bugungi oʻyinga tayyorlanish jarayonida “sherlar”ning “Eyr Fors”, “Al Nasr” va “Persepolis” bilan oʻyinlarini koʻrib chiqdim. Shunga amin boʻldimki, deyarli barcha zonalarda tartibli oʻyin koʻrsatmoqda. Men ham asta-sekin oʻz jamoamda shuni tadbiq etishga urinaman", - deydi Xorxe Fossati.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Xorxe Fossati: “Men ham oʻz jamoamda ”Paxtakor“ oʻyin uslubini tadbiq etishga urinaman”