UYEFA direktori EChL 1/4 finali juftliklarini oldindan eʼlon qilib yubordi

UYEFA direktori EChL 1/4 finali juftliklarini oldindan eʼlon qilib yubordi
Xabaringiz bor, EChLning chorak finaliga bugun qurʼa tashlanadi. Lekin tasodifan, UYEFA direktori oʻzining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida qurʼa tashlanmasdan turib, natijalar aks ettirilgan suratni eʼlon qilib yubordi.
UYEFA direktori EChL 1/4 finali juftliklarini oldindan eʼlon qilib yubordi
Surat qoʻyilganiga koʻp boʻlmasdan darhol oʻchirib tashlangan. Lekin bu rasm darhol dunyo boʻylab tarqab ketishga ulgurdi. Fotosuratga koʻra, EChLning chorak finalida quyidagi juftliklar bir-biriga raqib boʻlishadi.

1. Liverpul – Ayaks
2. Yuventus – Portu
3. Manchester Yunayted – Tottenxem
4. Barselona – Manchester Siti

Qurʼa tashlangandan keyin koʻramiz haqiqatda qanday juftliklar hosil boʻlar ekan.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar