11:40 / 16.03.2019
4 424

Bahodir Jalolov navbatdagi raqibini nokautga uchratdi

Bahodir Jalolov navbatdagi raqibini nokautga uchratdi
Professional boksning super ogʻir (+90,7 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan oʻzbekistonlik Bahodir Jalolov bugun professional boksdagi beshinchi jangini oʻtkazdi. Bu haqda Milliy olimpiya qoʻmitasi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, AQSHning Kaliforniya shtatida kechgan bahsda vakilimiz oʻz ustunligini namoyish qilib, yakunda ham chiroyli gʻalabani tantana qildi.

Amerikalik Uilli Harviga qarshi ringga koʻtarilgan Bahodir jang toʻliq yakuniga yetmasdan raqibini nokautga uchratdi. Taʼkidlash joiz, jang sanasiga bir necha kun qolganda raqib oʻzgargan edi. Biroq bu holat Jalolovga xalaqit bermagan.

Shu tariqa oʻzbekistonlik bokschi oʻzining beshinchi jangini ham muddatidan avval yakunlab, super ogʻir vazn toifasining reytingida yanada yuqori pogʻonaga koʻtariladigan boʻldi.

Eslatib oʻtamiz, Bahodir Jalolov soʻnggi marta 2018 yilning 8 dekabr kuni Markus Valentinga qarshi ringga chiqib, raqibini birinchi raunddayoq nokautga uchratgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bahodir Jalolov navbatdagi raqibini nokautga uchratdi