
16 mart, shanba kuni futbol boʻyicha Angliya Kubogining 1/4 finali bahslariga start beriladi.
Angliya premyer ligasida yetakchilik qilayotgan “Manchester Siti” safarda “Suonsi”ni sinovdan oʻtkazadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 22:20 da boshlanadi.
Eslatib oʻtamiz, “shaharliklar” musobaqaning nimchorak bahsida Angliyaning 3-divizionida toʻp suradigan “Nyuport Kaunti”ni magʻlubiyatga uchratgandi (4:1).
Shu kuni Ole-Gunnar Sulsher qoʻl ostidagi “Manchester Yunayted” klubi mehmonda “Vulverhempton” bilan bahsga kirishadi. Bellashuv tungi soat 00:55 da start oladi.
Taʼkidlash joiz, “qizil iblislar” mazkur musobaqaning 1/8 finalida Londonning “Chelsi” jamoasi ustidan 2:0 hisobida gʻalaba qozongandi.
1. “Suonsi”—“Manchester Siti” 22:20
2. “Vulverhempton”—“Manchester Yunayted” 00:55 “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar