Professional boksning super ogʻir (+90,7 kg) vazn toifasidagi ringga koʻtarilayotgan oʻzbekistonlik sportchi Bahodir Jalolov (5-0, 5 KO) aprel oyida navbatdagi jangini oʻtkazadi.
“10 aprel kuni keyingi jangimni oʻtkazishni reja qilganmiz. Hozircha promouterlarim jang boʻlib oʻtadigan manzil va raqib boʻyicha muzokaralar olib borishmoqda. Imkon qadar reytingi baland bokschiga qarshi jang qilmoqchiman”, deya Jalolovning soʻzlarini keltirgan GoSport.uz.
10 aprel kuni Nyu-Yorkdagi “Sony Hall” saroyida boʻlib oʻtadigan boks kechasida professional boksning super yarim oʻrta (-69,85 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan yana bir oʻzbekistonlik bokschi Xurshidbek Normatov (7-0, 3 KO) ham navbatdagi jangini oʻtkazadi.
Normatov 6 raundlik jangda ishtirok etsa, Bahodir Jalolov 8 raundlik jang oʻtkazishni rejalashtirgan. Hozircha ikkala bokschining ham raqiblari maʼlum emas.
Eslatib oʻtamiz, Jalolov soʻnggi marta 15 mart kuni (Toshkent vaqti bilan 16 mart) Kaliforniyada Villi Harveyga (3-2-1, 3 KO) qarshi ringga chiqib, 2 raundda texnik nokaut evaziga gʻalaba qozongandi. Normatov soʻnggi marta 2018 yilning 21 iyul kuni amerikalik Aleks Gaytanga (5-2, 2 KO) qarshi ringga chiqib, raqibini 6-raundda nokautga uchratgandi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
AQSHda MXA sobiq xodimi Rossiya foydasiga josuslik qilgani uchun 21 yilga qamaldi
O‘zbekistonliklar Saudiyaga tibbiyot va mehmonxona sohalari bo‘yicha ishga yuborilishi mumkin
Abduqodir Husanov va Hojimat Erkinov klubi ixtiyoriga qaytdi
Shi Te Yong: "Bizda hali olimpiadaga chiqish imkoniyati bor"
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
Ilon Mask Ukraina va AQSH o‘rtasidagi uzoq muddatli yordam bo‘yicha muzokaralarni “aqldan ozish” deb atadi
Toshkent viloyatida 17 ta noqonuniy mayner davlatga 16 milliard so‘m zarar yetkazdi