
“Nasaf” – “Soʻgʻdiyona” uchrashuvidan soʻng mezbonlar ustozi Roʻziqul Berdiyev quyidagicha fikr bildirib oʻtdi:
- Biz “Soʻgʻdiyona” jamoasini yaxshi oʻrgangan edik. Ular qanday taktika asosida oʻynashini bilgan edik. Ular bugun asosan himoyaga tayangan holda oʻyinni boshlashdi. Shu sababdan 5 nafar himoyachi bilan harakat qilishdi. Oldingi chiziqda qiynalishimizni sezgan edim. Lekin kiritilgan tezkor gol bizga qoʻl keldi. Birinchi boʻlimda asosan tashabbusga ega boʻldik. Ikkinchi boʻlimda ham yigitlar xarakter namoyish eta olishdi. Umid qilaman, bugun muxlislarimizni ham chiroyli gʻalaba bilan xursand qila oldik, - dedi mutaxassis.
Manba: pfl.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar