10:14 / 07.04.2019
2 502

"Yuventus" Turinda "Milan"ni irodali tarzda yengdi (video)

"Yuventus" Turinda "Milan"ni irodali tarzda yengdi (video)
Italiya chempionatining 31-turidan o‘rin olgan "Yuventus" – "Milan" uchrashuvi o‘z nihoyasiga yetdi. Turinda bo‘lib o‘tgan bahsda mezbonlar irodali g‘alabani qo‘lga kiritishdi.

Uchrashuvning birinchi bo‘limi keskin kurashlarga boy bo‘ldi, taym yakunlanishi arafasida milanliklar oldinga o‘tib olishdi. Kshishtof Pyontek 40-daqiqada gol urib mehmonlarni oldinga olib chiqdi.

60-daqiqada maydon egalari penalti ishlab olishdi, uni Paulo Dibala aniq bajardi. O‘yin yakunlanishiga sanoqli daqiqalar qolganida Moyze Kin “keksa sinora”ga g‘alaba olib kelgan golga muallif bo‘ldi.

Shu tariqa, “Yuve” ushbu g‘alabadan so‘ng ochkolarini 84taga yetkazib olgan holda yakka peshqadamlikda davom etmoqda. “Milan” (52) esa to‘rtinchi pog‘onadagi o‘rnini yo‘qotib qo‘yishi mumkin.
A Seriya, 31-tur
Yuventus – Milan 2:1 (0:1, 2:0)
Gollar:
0:1 – 39 Pyontek, 1:1 – 60, penalti Dibala, 2:1 – 84 Kin.
Yuventus – Shchensnы, Rugani, Bonuchchi, De Shilo, Aleks Sandro, Bentankur, Spinatssola (Pyanich, 61), Djan (Xedira, 25), Bernardeski, Mandjukich, Dibala (Kin, 66).
Milan – Reyna, Kalabriya (Kutrone, 84), Romanoli, Musakko, Rodriges, Kessie, Chalxanoglu, Borini, Bakayoko, Suso (Kastilexo, 76), Pyontek.
Ogohlantirishlar: Bernardeski (41), Musakko (59), Chalxanoglu (77), Mandjukich (86).

E’tiboringizga kiritilgan gollarni havola etamiz:

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Yuventus" Turinda "Milan"ni irodali tarzda yengdi (video)