Rossiya Federatsiyasining Anapa shahrida 2001-2002 yilda tug‘ilgan bokschilar o‘rtasida Xalqaro toifadagi sport ustasi Nikolay Pavlyukov xotirasiga bag‘ishlangan musobaqa yakuniga yetdi.
Turnirda Rossiya, Kuba, Qozog‘iston, Armaniston, Shveysariya, Hindiston, Filippin, Qirg‘iziston, Gruziya, Ukraina, Belarus va O‘zbekiston mamlakatlaridan 113 nafar bokschi sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib bordi.
Bugun musobaqada final janglari bo‘lib o‘tdi. E’tiborlisi, -49 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Shahzod Muzaffarov qozog‘istonlik Muhammadsobir Bozorboyulini mag‘lub etdi. -64 kg vaznli bokschimiz Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev esa rossiyalik Ahmadshox Mahmadshoyevdan ustun kelib, oltin medalga ega chiqdi. Kecha o‘tkazilgan janglarda Xurshidbek Rasuljonov (-56 kg), Nurislom Ismoilov (-69 kg) va Suhrobjon Kayimov (-75 kg) bronza medaliga sazovor bo‘lgandi.
Musobaqa yakunlariga ko‘ra, terma jamoamiz umumjamoa hisobida Rossiyadan so‘ng ikkinchi o‘rinni egalladi. Kuchli uchlikka Qozog‘iston terma jamoasi yakun yasadi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi”
Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi?
Kecha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga g‘alaba uchun nima yetishmadi?
“Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi?
AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
Rossiya tashqi ishlar vaziri Makronni Napoleon va Gitler bilan solishtirdi
Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi”