7-8 aprel kunlari Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahridagi «Archa-beshik» sport majmuasida aralash kurashlarning MMA yo‘nalishi bo‘yicha Gran-pri turkumiga kiruvchi «Batir bashi» IV etno turniri o‘tkazildi.
Turnirda 84 kg vaznlilar o‘rtasida O‘zbekiston sha’nini Qurolli Kuchlar akademiyasining 4-bosqich kursanti Bekzod Nurmatov hamda Abdulaziz Utamurodov himoya qilishdi.
Abdulaziz Utamurodov qirg‘izistonlik raqibi Qodir Kurstan o‘g‘liga qarshi o‘tkazilgan jangda texnik nokaut bilan g‘alabani qo‘lga kiritgan. Bekzod Nurmatov esa yana bir qirg‘izistonlik sportchi Jakip Tuganbayev bilan kechgan bahsning ikkinchi raundida og‘rituvchi usul qo‘llagan holda raqibdan ustun kelgan.
Finalda ikki o‘zbekistonlik sportchi o‘zaro kuch sinashi kerak edi. Ammo, Abdulaziz Utamurodov birinchi jangda oyoq qismida tan jarohati olgani tufayli murabbiylar u jang o‘tkazishiga ruxsat berishmagan va Bekzod Nurmatov avtomatik ravishda g‘olib bo‘lgan.
Bekzod Nurmatov professional faoliyatidagi navbatdagi musobaqada – aralash kurashlarning MMA yo‘nalishi bo‘yicha Gran-pri turkumiga kiruvchi «Batir bashi» IV etno turniri kamarini bugun, 8 aprel kuni O‘zbekistonga olib keladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi