Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahridagi “Archa-beshik” sport majmuasida aralash kurashlarning MMA yo‘nalishi bo‘yicha Gran-pri turkumiga kiruvchi “Batir bashi”IV etno turniri boshlangan edi. Mazkur nufuzli turnirda 84 kg vaznlilar o‘rtasida O‘zbekiston sha’nini Qurolli Kuchlar akademiyasining 4-bosqich kursanti Bekzod Nurmatov hamda Abdulaziz Utamurodov himoya qilishgan. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Abdulaziz Utamurodov qirg‘izistonlik raqibi Qodir Kurstan ug‘liga qarshi o‘tkazgan jangida texnik nokaut bilan g‘alabani qo‘lga kiritgan. Bekzod Nurmatov esa yana bir Qirg‘iziston sportchisi Jakip Tuganbayev bilan kechgan og‘ir bahsning ikkinchi raundida og‘rituvchi usulni mohirlik bilan qo‘llagan holda raqibdan qo‘li baland keldi. Finalga chiqqan ikki hamyurtimiz o‘zaro kuch sinashi kerak edi. Ammo, Abdulaziz Utamurodov birinchi jangda oyoq qismida olingan tan jarohati hamda murabbiylarning jangni olib borishiga qarshiligi sabab to‘liq g‘alaba Bekzod Nurmatovga berildi.
Bekzod Nurmatov professional faoliyatidagi navbatdagi musobaqada – aralash kurashlarning MMA yo‘nalishi bo‘yicha Gran-pri turkumiga kiruvchi “Batir bashi” IV etno turnirining kamarini bugun, 8 aprel kuni O‘zbekistonga olib keladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
AQSH sun’iy intellektga yadro quroli ustidan nazoratni bermaslikka chaqirdi
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
“Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi?
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
Ikki toifa odamlar bor: ular hech nimani qo‘lga kirita olmaydi
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni