
Bugun, 20 aprel kuni Tailand poytaxti Bangkok shahrida boks bo‘yicha Osiyo chempionatining ikkinchi kun doirasidan o‘rin olgan bellashuvlarga start beriladi. Saralash bosqichidan o‘rin olgan mazkur kunda o‘zbekistonlik 8 nafar bokschi ringga ko‘tarilishadi.
Ular orasida Isroil Madrimov, Miraziz Mirzaxalilov, Shunqor Abdurasulov kabi taniqli charm qo‘lqop ustalarini ham ko‘rishimiz mumkin. Bugun jang o‘tkazadigan vakillarimiz quyidagilar:
Kunduzgi dastur
-49 kg: Nodirjon Mirzaahmedov – Daichi Xasebe (Yaponiya)
-60 kg: Shukurjon Rahimov – Man Cho Chol (KXDR)
-54 kg: Tursunoy Rahimova – Kian Shi (Xitoy)
-69 kg: Shahnoza Yunusova – Nilufar Boboyorova (Tojikiston)
Kechki dastur
-56 kg: Miraziz Mirzaxalilov – Almanbet Alibekov (Qirg‘iziston)
-64 kg: Shunqor Abdurasulov – Amir Masud (Pokiston)
-75 kg: Isroil Madrimov – Trung Vu (Vetnam)
-48 kg: Fotimaxon Tursunboyeva – Nxi Nguyen (Vetnam)
Eslatib o‘tamiz, kechagi bellashuvlar doirasida Bobo-Usmon Baturov, Shunqor Abdurasulov va Yodgoroy Mirzayeva g‘alaba qozonib, keyingi bosqich yo‘llanmasini ijobiy hal qilishgan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar