
Superliga 5-turidan o‘rin olgan OKMK – «Bunyodkor» o‘yini yakunlandi. Olmaliqda mehmon bo‘lgan «qaldirg‘ochlar» Lutfullo To‘rayevning jarima zarbasidan urgan goli evaziga g‘alaba qozonishdi.
Bu g‘alabadan so‘ng «Bunyodkor» ochkolari sonini 9 taga yetkazib, turnir jadvalida 3-o‘ringa ko‘tarilib oldi. OKMK 4 ochkosi bilan 11-o‘rinda qoldi. «Bunyodkor» Superligada ketma-ket 3-o‘yinda g‘alaba qozondi.
OKMK – BUNYoDKOR 0:1
Gol: Lutfullo To‘rayev (39).
OKMK: Akbar To‘rayev, Akmal Shorahmedov, Sherzod Fayziyev, Dilshod Jo‘rayev, Bobur Yo‘ldoshev, Saydullo Rahmatov, Mirjamol Qosimov (Shahzod Nurmatov, 66), San’at Shixov, Zohir Pirimov (Kamron Saidazimov, 46), Jasur Hasanov, Zafar Polvonov (Jasur Hakimov, 75).
Bunyodkor: Murod Zuhurov, Islom Qobilov, Anvar G‘ofurov, Dilshod Ahmadaliyev, Nurillo To‘xtasinov, Lutfullo To‘rayev, Jasur Jaloliddinov (Abdulla Abdullayev, 66), Sanjar Qodirqulov, Xurshid G‘iyosov (Bobur Farhodov, 90+2), Javohir Qahramonov (Ulug‘bek Abdullayev, 83), Mirjahon Mirahmadov. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar