
Ispaniya chempionatining 33-turi doirasida 61 ochko to‘plagan holda musobaqa jadvalida 3-o‘rinda borayotgan «Real Madrid» «Santyago Bernabeu» stadionida «Atletik Bilbao» bilan bahsga kirishdi.
Uchrashuvning 47, 76 va 90-daqiqalarida madridliklar hujumchisi Karim Benzemaning kiritgan gollari «Qirollik klubi»ning yirik hisobdagi g‘alabasini ta’minladi (3:0).
Mazkur g‘alabadan so‘ng «Real» 64 ochko to‘plagan holda musobaqa jadvalida 3-o‘rinda bormoqda.
«Real Madrid»—«Atletik Bilbao» 3:0
Gollar: 1:0 — 47 Benzema, 2:0 — 76 Benzema, 3:0 — 90 Benzema
«Real Madrid»: Navas, Karvaxal, Valexo, Varan, Marselo, Modrich, Kroos (Isko, 70), Asensio (Dias, 84), Kazemiro, Vaskes (Beyl, 70), Benzema
«Atletik Bilbao»: Yago Errerin, Yeray Alvares, Martines, Berchiche, Inigo Lekue, San Xose, Benyat, Kordoba (Lopes, 76), Raul Garsiya (Aduris, 76), Muniain, Inyaki Uilyams
Ogohlantirishlar: Kordoba (3), Berchiche (15), Garsiya (45), Martines (53), Kroos (69), Navas (82).
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar