“Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldu rahbariyat bilan klubning yozgi transfer rejalarini muhokama qildi, deb maʼlum qildi Corriere dello Sportʻga tayanib Kun.uz.
Manbaga koʻra, muhokama davomida portugaliyalik hujumchi qaysi futbolchilar keyingi mavsumda jamoani kuchaytirishga va Chempionlar ligasida muvaffaqiyat qozonishda yordam berishga qodir deb hisoblashini aytib, kamida 6 nafar futbolchining nomini sanab oʻtgan.
Ronaldu keltirgan roʻyxatda birinchi boʻlib uning hamyurti – “Benfika” hujumchisi Joau Felish qayd etilgan. Shuningdek, Krishtianu “Real”dagi sobiq jamoadoshlaridan Rafael Varan va Isko variantlarini taklif etgan. Qolaversa, u “Roma”dan himoyachi Kostas Manolas, “Fiorentina”dan hujumchi Federiko Kyeza va “Lion”dan yarimhimoyachi Tanguy Ndombeleni transfer qilishni maslahat bergan.
Qayd etilishicha, Ronaldu rahbariyat vakillari bilan uchrashuvdan oldin ushbu nomzodlar borasida bosh murabbiy Massimiliano Allegri bilan ham maslahatlashgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi
Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi
Ukrainada OIV va saraton kasalligiga chalingan bemorlar armiyaga chaqiriladi
Saul Alvares: "U o‘z jangchisiga tupurib qo‘ygan!"
Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi
Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi
Kutilmagan natijalarga boy Dushanbe “Katta Dubulg‘a” turniri yakuniga yetdi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?