
Angliya chempionatining 36-turidan o‘rin olgan "Tottenxem" – "Vest Xem" uchrashuvi o‘z nihoyasiga yetdi. "Tottenxem Xotspur Stedium"da kechgan bahsda "Tottenxem" mehmonlarga mag‘lubiyatga uchradi.
Uchrashuvda kutilmaganda mehmonlar faolroq bo‘lishdi va “shporlar” darvozasi oldida bir nechta xavfli vaziyatlarni yarata olishdi. Uchrashuvning 67-daqiqasida Mikail Antonio jarima maydonida to‘pni qabul qilib oldi va aniq zarba bilan jamoasini oldinga olib chiqdi.
Qolgan vaqtda maydon egalari vaziyatni o‘nglay olishmadi va muhim ochkolarni qo‘ldan chiqarishdi.
Shu tariqa, "Tottenxem" 70 ochko bilan uchinchi o‘rinda qoldi. "Vest Xem" () esa 11-pog‘onada bormoqda.
Tottenxem – Vest Xem 0:1 (0:0, 0:1)
Gol: 0:1 – 67 Antonio.
Tottenxem – Loris, Foyt, Alderveyreld, Devis, Rouz (Yanssen, 77), Lukas Moura (Lorente, 66), Alli (Vanyama, 85), Eriksen, Dayer, Sanches, Son Hin Min.
Vest Xem – Fabianski, Frederiks, Masuaku, Diop, Rays, Felipe Anderson, Antonio, Snodgrass (Obiang, 77), Nobl (Ogbonna, 85), Arnautovich (Peres, 80), Balbuena.
Ogohlantirishlar: Snodgrass (26), Frederiks (86).
Antonioning golini tomosha qiling:
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar