
Kecha “Liverpul” – “Xaddersfild” (5:0) uchrashuvi bilan start olgan APLning 36-tur o‘yinlari davom etadi. Bugun va ertaga turning qolgan o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.
Hozirgina Angliya Premer-ligasi 36-turidan o‘rin olgan "Tottenxem" hamda "Vest Xem" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin o‘z nihoyasiga yetdi.
"Tottenxem Xotspur" stadionida kechgan uchrashuvda mehmonlar minimal hisobda raqibdan ustun kelishdi. Bellashuvdagi yagona gol 68-daqiqada Maykl Antonio tomonidan kiritildi.
Shu tariqa "bolg‘achilar" hisobidagi ochkolar soni 46 taga yetdi va jamoa turnir jadvalida 11-o‘rinda qoldi. "Shporlar" esa 70 ochko bilan 3-o‘rinda qoldi.
Kuchli to‘rtlikdan tashqari Yevropa Ligasiga yo‘llanma beruvchi o‘rinlar uchun ham qizg‘in kurash bormoqda. Bugun 7-o‘ringa da’vogar ikki jamoa o‘rtasidagi qiziqarli o‘yinga guvoh bo‘lamiz. “Uotford” klubi yetakchilarni qaxshatib kelayotgan “Vulverxempton”ga qarshi o‘yin o‘tkazadi.
Musobaqada jon saqlab qolishga intilayotgan “Kardiff” klubi “Fulxem” maydoniga safar qiladi. “Kristal Pelas” esa o‘zida “Everton”ni qabul qiladi.
Turning markaziy o‘yinlari ertaga bo‘lib o‘tadi. “Arsenal” klubi “Lester” maydoniga safar qiladi. O‘tgan turda “Vulver”ga yutqazib qo‘ygan “to‘pchilar” uchun bu kuchli turlik yo‘lidagi so‘nggi imkoniyatga aylanishi mumkin. Chunki jamoaning raqobatchilari bu turda o‘zaro to‘qnash kelishadi.
Chempionlik uchun kurashayotgan “Manchester Siti” safarda “Byornli” bilan o‘ynaydi. Mazkur bahsda Pep Gvardiola shogirdlari muammosiz g‘alaba qozonishlari kutilmoqda. Biroq APL o‘yinlarida har narsa kutish mumkin.
Ketma-ket mag‘lubiyatlar sabab oltinchi o‘ringa tushib ketgan “Manchester Yunayted” klubi uik-endning markaziy o‘yinida “Chelsi”ni mehmon qiladi. Agar mazkur o‘yinda Ole-Gunnar Sulsher shogirdlari mag‘lubiyatga uchrashsa YeChL yo‘llanmasidan deyarli mahrum bo‘lishadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar