06:00 / 29.04.2019
2 750

Jamoliddin Bobojonov: OChL finali? Biz avvalo guruhdan chiqishni eplab olaylik...

Jamoliddin Bobojonov: OChL finali? Biz avvalo guruhdan chiqishni eplab olaylik...
Bir necha kun oldin Osiyo chempionlar ligasida 4-tur o‘yinlari o‘tkazildi. Unda yurtimiz sharafini himoya qilayotgan “Lokomotiv” va “Paxtakor” o‘zlariga bildirilgan ishonchni oqlay olishmadi. “Temiryo‘lchilar” Toshkentda ishlari yurishmayotgan “Al Ittihod” bilan zo‘rg‘a durang o‘ynashdi. “Sherlar” esa Xavi boshchiligidagi “Al Sadd”ga imkoniyatni boy berishdi. To‘g‘ri, “Paxtakor” himoyachining qo‘pol xatosi qurboni bo‘ldi deyishingiz mumkin. Lekin shunday xatolardan jabr chekmaslik uchun uchrashuv davomida vaziyatlardan foydalanish kerak emasmi? Xullas, savollarimiz ko‘p. Doimgidek 3,4-turdan so‘ng xalqaro maydondagi bahslarda havotirlarimiz boshlanadi. Har bahor shu bo‘lar takror deganlaridek, klublarimiz bu mavsum ham natijalari orqali muxlislar, jurnalistlar va umuman futbol jamoatchiligida qo‘rquvlar uyg‘ota boshlashdi.

Shu bois biz bir qator sharhlovchilar va futbol ekspertlariga nega klublarimiz OChLda finalga chiqa olmayapdi, bu yilgi imkoniyatlarimiz qanday? degan savollar bilan murojaat qildik. “Sport” telekanali xodimi, ekspert Jamoliddin Bobojonov bunga quyidagicha fikrlar bildirdi.

Xayrulla Hamidov bir xil darajadagi chempionatimiz va terma jamoamiz, armon bo‘layotgan OChL finali, nega shundayligi va bu yilgi imkoniyatlarimiz haqida gapirdi.
- O‘zbek klublari hali beri finalga chiqmasa kerak. Menimcha, bu juda qiyin. Avvalo, biz guruhdan chiqishni eplashimiz kerak. Nimaga bunaqa natijalar ko‘rsatmoqdamiz? “Bunyodkor” va “Paxtakor” yarim finalga borgan paytlari klublarimizning darajasi hozirgidan kuchliroq, raqiblarning mahorati esa ayni paytdagidan pastroq edi deb o‘ylayman. Masalan, OChL boshlangan yillari “Paxtakor” Agamuradov boshchiligida ushbu musobaqada ishtirok etgan. O‘shanda legionerlarimiz kam edi. O‘zbekistonning eng yaxshi o‘yinchilari bir klubda jamlangandi. Ya’ni “Paxtakor”da. “Paxtakor” va milliy terma deyarli bitta jamoa edi. Ayrim chiziqlar xorijlik futbolchilar bilan kuchaytirilgan. Natijalar shunga yarasha bo‘lgan. O‘sha kezlari guruhdan chiqish muammo emasdi. Keyinchalik huddi shu narsa “Bunyodkor”da ham kuzatildi. Chet elga ketgan futbolchilarimiz kam edi. Ular hozirgiga nisbatan yaxshiroq natija ko‘rasatishardi.

Avvalgi natijalarimiz Server Jeparov, Aleksandr Geynrix, Timur Kapadze kabilar hisobiga yaxshi bo‘lgan. Aytaylik “Paxtakor” Odil Ahmedov, Eldor Shomurodov, Otabek Shkurov, Ikrom Aliboyevni olib kelsa, boshqacha bo‘ladi. Ayni paytda eng yaxshi futbolchilarimiz xorijda to‘p tepishmoqda. Ular darajasidagi o‘yinlarini klublarimizga olib kelolmayapmiz va o‘zimizdagi o‘yinchilarni ular darajasiga chiqara olmayapmiz. Shuning uchun natija tarkibga mos bo‘lmoqda.

Yetakchi klublarimiz milliy terma jamoa bilan boyitilmagan. Endi bu yildan “Paxtakor” boshladi. Zo‘rlarni o‘zimizda olib qolishga harakat qilyapdi, milliy terma jamoa a’zolari bilan shartnomalar tuzmoqda. “Sherlar”ning o‘yini keskin o‘sdi. Agar guruhdan chiqishsa, pley-offlarda ham yaxshiroq natija ko‘rsatishiga umid qilamiz. Lekin hozirgi tarkibi yaxshi natija ko‘rsatishga yetarli emas. “Lokomotiv” OChLni yutish uchun hech qanaqasiga nomzod hisoblanmaydi. Shota arveladze shogirdlarini nomzodlar qatoriga qo‘shsak, guruh bosqichishi amallashsa, pley-offda nimadir qilsa, yozgi transferlar mavsumida klubni keskin darajada kuchaytirish kerak. Hamma chiziqqa haqiqatdan ham OChLda g‘alaba qozona oladigan futbolchilarni jalb qilish lozim. Shundagina maqsadiga erishsa bo‘ladi. Hozirgi o‘yini bilan “Loko” ham, “Paxtakor” ham ushbu musobaqada chempion bo‘la olmaydi!
Bekzod Isayev

Manba: Sports.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Jamoliddin Bobojonov: OChL finali? Biz avvalo guruhdan chiqishni eplab olaylik...