
Yevropa Chempionlar ligasi yarim final ilk bahsidan o‘rin olgan "Tottenxem" – "Ayaks" uchrashuvi o‘z yakuniga yetdi. "Tottenxem Xotspur Stedium"da bo‘lib o‘tgan bahsda gollandlarning qo‘li baland keldi.
Uchrashuvni mehmonlar juda faol boshlashdi, amsterdamliklar to‘pni to‘liq nazorat qilishdan tashqari bir nechta xavfli hujumlarni tashkil qilishdi. Bular 15-daqiqadayoq o‘z samarasini berdi. Mehmonlarning uzoq davom etgan hujumlaridan so‘ng Toni van de Bek darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi va osonlik bilan hisobni ochdi.
Goldan so‘ng ham “Ayaks” futbolchilari hujumdan to‘xtashmadi, o‘z navbatida maydon egalarida ham bir nechta imkoniyatlar bo‘ldi. Ayniqsa birinchi bo‘lim yakunlanishi arafasida “shporlar” raqib jarima maydoni atrofida bosimni oshirishdi.
Ikkinchi bo‘limni londonliklar qator hujumlar bilan boshlashdi va taym o‘rtalariga qadar raqibni kuchli sarosimada ushlab turishdi. Biroq "Ayaks" darvozasiga yo‘l topish ularga nasib etmadi.
72-daqiqa o‘tib borayotgan bir vaqtda mehmonlar o‘yin taqdirini hal qilib qo‘yishlari mumkin edi, biroq David Neresning zarbasi darvoza ustuniga tegib qaytdi. Uchrashuvning so‘nggi onlari “shporlar”ning bosimida o‘tdi, ammo butun o‘yinda bo‘lgani kabi so‘nggi zarbalarga aniqlik yetishmadi.
Shu tariqa, “Ayaks” javob bahsi oldidan o‘zi uchun juda qulay hisobni qayd etib ortga qaytadigan bo‘ldi. Javob uchrashuvi Amsterdamda 8 may oqshomida bo‘lib o‘tadi.
Yevropa Chempionlar ligasi
½ final, ilk bahs
Tottenxem (Angliya) – Ayaks (Gollandiya) 0:1 (0:1, 0:0)
Gol: 0:1 – 15 van de Bek.
Tottenxem – Loris, Sanches, Alderveyreld, Rouz (Devis, 79), Vertongen (Sissoko, 39), Lukas Moura, Eriksen, Alli, Vanyama, Tripper (Foyt, 80), Lorente.
Ayaks – Onana, de Ligt, Talyafiko, Veltman, Blind, van de Bek, Ziyesh (Xuntelar, 87), Tadich, Shene (Mazraui, 65), Neres, de Yong.
Ogohlantirishlar: Talyafiko (30), Veltman (63).
Uchrashuvdagi yagona golni tomosha qiling:
Manba: Uff.uz
Yevropa Chempionlar LigasiTottenxem AyaksUchrashuv NatijasiGol UrilganFutbol BahsiLondon Uchrashuvi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar