date
views 3 943

“Ralli Muynoq-2019” musobaqasida g‘oliblar aniqlandi (foto)

“Ralli Muynoq-2019” musobaqasida g‘oliblar aniqlandi (foto)
Qoraqalpog‘istonning Mo‘ynoq tumanida 420 kilometrlik masofaga o‘tkazilgan ralli musobaqasi yakunlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamkorligida o‘tkazilgan “Ralli Muynoq-2019” musobaqasi Orol dengizining qurigan tubi va Ustyurt tekisligi bo‘ylab tashkil qilindi.

Sport vazirligi matbuot xizmatidan xabar berishlaricha ikki toifada o‘tkazilgan musobaqaning g‘oliblariga “Prezident sovg‘asi” sifatida “Neksiya” hamda “Spark” avtomobillari topshirildi. Ikkinchi va uchinchi o‘rin egalariga mos ravishda 15 hamda 7 million so‘mdan pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

“Ralli Mo‘ynoq-2019” g‘oliblari:

“A-8” toifali avtomobillar o‘rtasida, motor sig‘imi 1600 sm3 gacha
1-o‘rin: Jizzax viloyatidan Furqat Axrorqulov (shturman: Asqar Hasanov), “Spark” avtomashinasi
2-o‘rin: Qoraqalpog‘iston Respublikasidan Timur Narziqulov (shturman: Qilichbek Narziqulov), 15 mln.so‘m
3-o‘rin: Andijon viloyatidan Ibrohim To‘ychiyev (shturman: Abdumannon Kazakov), 7 mln.so‘m

“A-9” toifali avtomobillar o‘rtasida, motor sig‘imi 2000 sm3 gacha
1-o‘rin: Andijon viloyatidan Sardor Xo‘jayev (shturman: Akmal Jo‘rayev), “Neksiya” avtomashinasi
2-o‘rin: Toshkent shahridan Jahongir Jabborov (shturman: Rauf Gasanov), 15 mln.so‘m
3-o‘rin: Namangan viloyatidan Alikay Xayrullayev (shturman: Rahim Shermatov), 7 mln.so‘m






Manba: Sports.uz
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Ralli Muynoq-2019” musobaqasida g‘oliblar aniqlandi (foto)