03:59 / 10.05.2019
2 616

"Arsenal" safarda ham "Valensiya"ni yengdi va finalga yo‘l oldi (video)

"Arsenal" safarda ham "Valensiya"ni yengdi va finalga yo‘l oldi (video)
Yevropa Ligasi yarim final javob bahsidan o‘rin olgan "Valensiya" – "Arsenal" uchrashuvi o‘z nihoyasiga yetdi. "Mestalya" stadionida bo‘lib o‘tgan bahsda mehmonlarning qo‘li baland keldi.

Uchrashuv debyuti mezbonlar uchun omadli keldi, 11-daqiqada ispanlar tezkor hujumni golga aylantirishdi. Gonsalu Gedesh chap qanotdan tezlik olib oldinga o‘tdi va Rodrigoni to‘p bilan ta’minladi, uning uzatmasidan keyin Kevin Gameyro bo‘sh qolgan darvozani aniq nishonga oldi.

Oradan ko‘p vaqt o‘tmay mehmonlar bunga javob qaytarishdi, Petr Chexning uzatmasidan so‘ng to‘p himoyachilarga tegib Per-Emerik Obameyangga kelib tushdi, darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib borgan gabonlik futbolchi zarbada adashmadi.

"Arsenal" futbolchilari ikkinchi bo‘lim debyutida tezkor gol urishdi, Lukas Torreyraning uzatmasidan so‘ng Aleksandr Lyakazett jarima maydoni ichida to‘pni qabul qilib oldi va himoyachilarni aldab o‘tgan holda darvozani ishg‘ol qildi.

58-daqiqada mezbonlarning chiroyli kombinatsiyasini Gameyro gol bilan yakunladi. Biroq 69-daqiqada "to‘pchilar" yana oldinga o‘tib olishdi, o‘ng qanotdan uzatilgan to‘pni Obameyang darvozaga to‘g‘irlab yuborib, jamoasining uchinchi to‘pini kiritdi. 88-daqiqada Obameyang o‘yinga nuqta qo‘ygan golga muallif bo‘ldi

Shu tariqa, "Arsenal" ikki o‘yinda ham g‘alaba qozonib, Yevropa Ligasi finaliga yo‘l oldi.

Yevropa Ligasi
1/2 final, javob bahsi
Valensiya Ispaniya – Arsenal Angliya 2:4 (1:1, 1:3)
Gollar:
1:0 – 11 Gameyro, 1:1 – 17 Obameyang, 1:2 – 50 Lyakazett, 2:2 – 58 Gameyro, 2:3 – 69 Obameyang, 2:4 – 88 Obameyang.
Valensiya – Neto, Garay, Gayya, Pichchini (Soler, 56), Gabriel, Vass, Parexo, Koklen, Gedesh (Ferran Torres, 71), Rodrigo (Santi Mina, 72), Gameyro.
Arsenal – Chex, Koselni, Monreal, Kolashinats (Mustafi, 71), Papastatopulos, Torreyra, Meytlend-Naylz, Jaka, O‘zil (Mxitaryan, 62), Lyakazett, Obameyang.
Ogohlantirishlar: Garay (38), Gayya (43), O‘zil (62).
Ilk o‘yin – 1:3

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Arsenal" safarda ham "Valensiya"ni yengdi va finalga yo‘l oldi (video)