
Xitoy klubi «Real» vingeri Garet Beyl uchun katta miqdorda mablag‘ taklif qildi. Bu haqda Football Espana nashriga tayanib "Daryo" xabar berdi.
Manbada yozilishicha, Xitoyning nomi keltirilmagan klubi uelslik futbolchi uchun 120 million yevro to‘lashga tayyorligi qayd etilgan. Shu bilan birga klub Beylga «Real»da ishlab topadigan pulidan ko‘ra ko‘proq mablag‘ni va’da qilgan. Unga ko‘ra futbolchiga yiliga 30 million yevro maosh berilishi ko‘zda tutilgan.
Ma’lumot uchun, ayni damda Garet Beyl xizmatlariga bir necha ingliz klublari ham qiziqish bildirmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar