Neymar «Real» bilan muzokara olib borishni istamadi

Madridning "Real" klubi "Barselona" hujumchisi Neymarga taklif bilan chiqqan edi. Ammo braziliyalik futbolchi madridliklar bilan muzokara olib borishni istamagan. Bu haqda Uff.uz xabar bermoqda.
Xabar qilinishicha, "Real" prezidenti Florentino Peres bir necha bor 23 yoshli futbolchining otasiga qo‘ng‘iroq qilgan, ammo har safar rad javobini olgan. Eslatib o‘tamiz, Neymar bilan shuningdek "Manchester Yunayted" va "PSJ" ham qiziqish bildirmoqda.
Neymar joriy mavsum 18 uchrashuvda maydonga tushgan va 16 ta gol urib, 9 ta golli uzatmani amalga oshirgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing