«PSJ» Xosep Gvardiola bilan muzokara oʻtkazdi


«PSJ» rahbariyati "Bavariya" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola uchun kurashga qo‘shildi. Ayni vaqtda murabbiyga "Manchester Siti" va "Manchester Yunayted"dan qiziqish bo‘lib turibdi. Bu haqda Uff.uz xabar bermoqda.
Eslatib o‘tamiz, mavsum yakuniga yetgach 44 yoshli murabbiy myunxenliklar bilan hamkorlikni to‘xtatadi va uning o‘rnini Karlo Anchelotti egallaydi. Xabar qilinishicha, «PSJ» prezidenti Nasser Al Xelayfi Gvardiolaning agenti Xose Mariya Orobitgga qo‘ng‘iroq qilgan va muzokara o‘tkazgan.
Xabar qilinishicha, Gvardiola bu taklifga aniq javob qaytarmagan va o‘ylab ko‘rish uchun vaqt olgan. Mavsum yakuniga yetgach «PSJ» bosh murabbiy Loran Blanning shartnomasi muddati yakuniga yetadi va hamkorlik uzaytirilmaydigan bo‘lib turibdi.
Eslatib o‘tamiz, "Manchester Siti" klubi Gvardiolaga yiliga 25 million yevro maosh taklif qilgani aytilgan edi.































Izohlar 0
…