
Madridning "Real" klubi prezidenti Florentino Peres jamoa vingeri Garet Beyldan imkon qadar tezroq qutilmoqchi.
Ispaniya nashrlarining yozishicha “qirollik klubi” rahbariyati yaqinda 29 yoshli uelslik futbolchining agenti Jonatan Barnett bilan uchrashgan. Suhbat davomida madridliklar Beylni istalgan jamoaga, hatto "Barselona"ga ham sotib yuborishga tayyor ekanligini bildirishgan.
“Real” ushbu transferdan kamida 80 million yevro ishlab olishni ko‘zlamoqda. Beylga esa "Manchester Yunayted" va "Tottenxem" klublari qiziqish bildirishmoqda.
Ma’lumot uchun, 29 yoshli Beyl “Real” safida 2013 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida jami 231 ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 102 ta gol hamda 64 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi esa 2022 yilga qadar imzolangan.
Manba: Sports.uz
Florentino PeresGaret BeylReal MadridBarselona TransferManchester YunaytedTottenxem Klubi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar