
Olimpiada o‘yinlari g‘olibi Shahobiddin Zoirov Daniyada tashkil etilgan professional boks oqshomida jang o‘tkazdi.
Ushbu jangda hamyurtimizga gruziyalik Mishiki Shubitidze (12-13-3, 5KO) raqiblik qildi. 6 raundga mo‘ljallangan jang muddatidan oldin yakunlandi. Hamyurtimiz birinchi raundning o‘zidayoq raqibidan ustun ekanligini namoyish etdi va nokaut evaziga g‘alaba qozondi.
Ma’lumot uchun, Zoirov prof ringdagi debyutini 5 aprel kuni nishonlagan va unda indoneziyalik raqibini mag‘lubiyatga uchratgandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar