
Xabaringiz bor kecha OChL guruh bosqichi 6-turidan o‘rin olgan "Al Ahli" hamda "Paxtakor" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin bo‘lib o‘tdi.
Saudiya Arabistonining Jidda shahrida joylashgan muhtasham "Qirol Abdulloh" stadionida kechgan uchrashuvda mezbonlar 2:1 hisobida zafar quchishdi. Omar Al Soma hamda Abdulrahmon G‘ariblar tomonidan kiritilgan gollarga "sherlar" safida Igor Sergeyev bir bor javob qaytardi.
Shu tariqa "sherlar" 8 ochko bilan guruhda qolib ketishdi. Bugungi g‘alaba natijasida o‘z ochkolari sonini 9 taga yetkazib olgan "Al Ahli" esa 2-o‘rin bilan pley-off yo‘llanmasiga ega chiqdi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhi hamda kiritilgan gollarni tomosha qilishingiz mumkin:
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar