03:32 / 30.05.2019
2 854

Barak Obama nega Messi Argentina terma jamoasida muvaffaqiyatga erisha olmasligini aytdi

Barak Obama nega Messi Argentina terma jamoasida muvaffaqiyatga erisha olmasligini aytdi
AQSh sobiq prezidenti Barak Obama "Barselona" sardori Lionel Messining Argentina terma jamoasidagi muvaffaqiyatsizliklari sababini aytdi.

“Xatto dohiylar ham o‘sishga erishish uchun boshqa insonlar bilan ishlashi kerak. Argentina terma jamoasi tarkibida buyuk Messi bo‘lishiga qaramay, jahon chempioni bo‘la olmayapti. Gap shundaki, buyuk ishlarni bitta shaxsning yolg‘iz o‘zi amalga oshira olmaydi”, - deydi sobiq prezident.

Ma’lumot uchun, 31 yoshli Messi Argentina terma jamoasi safida 2005 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida albasetlar safida 129ta o‘yinda maydonga tushdi va 65ta gol urishga erishdi.

Eslatib o‘tamiz, Messi boshchiligidagi Argentina 2014 yil jahon chempioni bo‘lishga juda yaqin kelgan edi. Biroq, ular finalda Germaniyaga imkoniyatni boy berib qo‘yishgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Barak Obama nega Messi Argentina terma jamoasida muvaffaqiyatga erisha olmasligini aytdi