Bugun Ektor Kuper boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi Antalya shahrida Turkiya milliy terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi. Bu o‘yin terma jamoamiz uchun tarixiy hisoblanadi. Sababi shu paytga qadar Turkiya milliy terma jamoasiga qarshi birorta o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazmaganmiz. Bu o‘yin birinchisi bo‘ladi.
Turkiya - O‘zbekiston uchrashuvi Alanya shahridagi «Alanya stadium» o‘yingohida Toshkent vaqti bilan soat 23:00da boshlanadi. Turkiya terma jamoasi bosh murabbiyi Shenol Gunesh O‘zbekistonga qarshi o‘yinga terma jamoaning bir qator yetakchi futbolchilarini ham chaqirgan. Bugun bizga qarshi Turkiya terma jamoasi tarkibida Italiyaning «Milan» klubi yarim himoyachisi Hoqon Chalxanoglu, shuningdek, Merih Demiral («Sassuolo», Italiya), Chengiz Under («Roma», Italiya), Yunus Malli («Volfsburg», Germaniya), Jenk Tosun («Everton», Angliya), Enes Unal («Valyadolid», Ispaniya) kabi futbolchilar maydonga tushishlari mumkin.
Uchrashuvga bo‘lgan qiziqish nafaqat yurtimizda, balki Turkiyada ham juda katta. Shu bilan birga o‘yinni turk telekanallaridan tashqari, jahonga mashhur Eurosport telekanali ham jonli efirda namoyish qiladi. Yurtimizdagi muxlislar esa uchrashuvni O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining «Sport TV» telekanali orqali jonli efirda tomosha qilishlari mumkin bo‘ladi. O‘yinni taniqli sharhlovchi Xayrulla Hamidov sharhlab boradi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Toshkent viloyatida ekologiya inspektorlari hujumga uchradi
Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi
Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi
Har bir qizning orzusi: turk seriallaridagi eng chiroyli 4 ta to‘y
Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi
Ukraina 300 mingta dron sotib olish uchun pul ajratadi
Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi