18:30 / 02.06.2019
2 896

«Andijon» klubiga yangi murabbiy tayinlandi

«Andijon» klubiga yangi murabbiy tayinlandi
«Andijon» klubi rossiyalik mutaxassis Aleksandr Xomyakovni rasman bosh murabbiy sifatida e’lon qildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

«Viloyatda millionlar o‘yiniga bo‘lgan yuksak e’tibori, jamoamizni doimiy ravishda qo‘llab-quvvatlashi, har bir uy uchrashuvlarimizga shaxsan tashrif buyurishi tabiiyki andijonlik minglab ashaddiy muxlislarni quvontirmoqda. «Andijon» jamoasining natijasiga befarq bo‘lmagani uchun ham klubimiz prezidenti bosh murabbiy masalasini zudlik bilan ko‘rib chiqishni, lozim bo‘lsa xorijlik malakali mutaxassisni jalb etish va bu orqali ijobiy natijalarga erishib, Andijon xalqini xursand qilish bo‘yicha topshiriq berdi.

Shundan so‘ng klub rahbariyati bir qator tajribali murabbiylar bilan muzokaraga kirishdi va yakunda rossiyalik taniqli murabbiy Aleksandr Xomyakov nomzodida to‘xtalishga qaror qildi.

Ishqibozlarga yaxshi ma’lumki, so‘nggi 10 yilni Muborak «Mash’al» jamoasida samarali o‘tkazgan Aleksandr Andreyevich mamlakatimiz futbolida o‘ziga yarasha hurmat qozongan mutaxassislardan biridir. Eng avvalo ichki imkoniyatdan foydalanib, mahalliy kadrlarni yetishtirib borishga harakat qiladigan Xomyakov «Andijon»da ham ushbu falsafasidan foydalanishni rejalashtirgan!», - deyiladi klub xabarida.

O‘tgan mavsumda Pro-Ligada chempion bo‘lib yuqori ligaga qaytgan «Andijon»ni mavsum boshida Eldor Sakayev boshqargan, ammo qoniqarsiz natijalar tufayli u iste’foga chiqarilgan edi. So‘nggi turlarda «burgutlar»ni katta murabbiy Jamshid Saidov vaqtinchalik boshqarib turgandi.

«Andijon» 10 turdan keyin 8 ochko bilan 11-o‘rinda joylashib turibdi.

Aleksandr Xomyakov 2009 yildan buyon «Mash’al»ni boshqarib kelayotgan edi. U muborakliklar jamoasini 318 o‘yinda maydonga olib tushgan va ularning 131 tasida g‘alaba qozongan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Andijon» klubiga yangi murabbiy tayinlandi