«Barselona» safarda «Espanol»ni enga olmadi va ochko yo‘qotdi

Ispaniya chempionatining 18-turidan o‘rin olgan "Espanol" hamda "Barselona" klublari o‘rtasidagi uchrashuv nihoyasiga etdi. Unda 0:0 hisobi qayd etildi. Bu haqda Uff.uz xabar berdi.
Qiziqarli kechgan o‘yinda darvozalarga to‘p kiritilmadi. Garchi, "Barsa"da bir nechta vaziyatlar sodir etilgan bo‘lsada, mezbonlar himoyada ishonchli turishdi.
O‘z navbatida "Espanol" ham meg‘monlar darvozasi oldida xavfli vaziyatlarni yarata olishdi.
Shu tariqa kataloniyaliklar durang qayd etishdi va 1 ochkoga ega bo‘lishdi.
Ispaniya chempionati, 18-tur
Espanol – Barselona 0:0
Espanol – Lopes, Alvaro Gonsales, Alvares, Lopes, Roko, Asensio, Diop, Peres, Jordan (Abraam, 79), Burgi (Moreno, 60), Kaysedo.
Barselona – Bravo, Pike, Alba, Dani Alves, Buskets, Rakitich (Serdji Roberto, 71), Maskerano, Inesta, Neymar, Messi, Suares.
Ogohlantirishlar: Alvaro Gonsales (22), Maskerano (22), Lopes (31), Jordan (42), Alvares (60), Neymar (86), Diop (88). “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing