Foto: O‘zA
Ochiq osmon ostidagi muzey shahar — «Ichan qal’a»ning «Ko‘hna Ark» maydonida Pahlavon Mahmud nomidagi I xalqaro bahodirlar o‘yinlariga start berildi. Bu haqda O‘zA ma’lum qildi.
Xalqaro nomlanishi Strong men deb ataluvchi ushbu musobaqa ilk bora Xiva shahrida bo‘lib o‘tmoqda. Unda Hindiston, Eron, Turkiya, Pokiston, Latviya, Rossiya kabi 20 mamlakatdan jahonning eng kuchli polvonlari ishtirok etmoqda.
— Musobaqa sabab O‘zbekistonga kelganimdan xursandman, — deydi Strong men o‘yinlari sovrindori eronlik Rizo Gijayetasi. —Mening yurtimda ham Pahlavon Mahmudning nomi katta hurmat, ehtirom bilan tilga olinadi. Biz pahlavonlar ushbu zotni polvonlar piri deb bilamiz. Ushbu ulug‘ inson yashab o‘tgan joylarda bo‘lish men uchun sharaf.
Pahlavon Mahmud nomidagi «Bahodirlar o‘yini» I xalqaro turnirining asosiy tadbirlari bugun Xiva shahrining turli joylarida bo‘lib o‘tadi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi