Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbus ilgari surilgan edi. Shundan ikkinchi tashabbus yoshlarni jismoniy chiniqtirish, sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yo‘naltirilgan.
Mazkur tashabbusni amalga samarali tatbiq etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik instituti tomonidan Toshkent shahrining Olmazor tumanidagi 8ta umumiy o‘rta ta’lim maktabida sportning jiu-jitsu va futbol turlari bo‘yicha to‘garaklar faoliyati yo‘lga qo‘yildi. 2019 yilning 15 may sanasidan boshlab 185, 326, 196, 278-umumiy o‘rta ta’lim makatablarida dushanba, chorshanba, juma kunlari mashg‘ulotlar olib borilayotgan bo‘lsa 261, 15, 134, 29-umumiy o‘rta ta’lim maktablarida seshanba, payshanba, shanba kunlari mashg‘ulotlar olib borilmoqda.
Ta’kidlash lozimki, ushbu sport turlari bo‘yicha mashg‘ulotlar ta’lim muassasasining murabbiylik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyasiga ega xalqaro toifadagi sport ustalari bo‘lgan kursant va shartnoma asosidagi harbiy xizmatchilar tomonidan olib boriladi.
Bugungi kunda jiu-jitsu va futbol to‘garaklari tumandagi 200 nafardan ortiq yoshlarni qamrab olgan. Mashg‘ulotlarga qatnashish bepul bo‘lib, 10 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar ota-onasining roziligi asosida bemalol qatnashishlari mumkin.
Farzandini ushbu sport turlari bilan shug‘ullantirishga istak bildirganlar (97) 776-33-55 raqamiga qo‘ng‘iroq qilishlari mumkin.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?