
Fransiya terma jamoasi hamda PSJ hujumchisi Kilian Mbappe 2018/19 yilgi mavsum umumiy hisobda 44 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Shulardan 39 tasini PSJ safida kiritgn bo‘lsa, 5 ta golni milliy terma jamoa tarkibida urgan.
Get French Football’ning xabar berishicha, 2003/04 yilgi mavsumdan buyon hech qaysi fransiyalik futbolchi bitta mavsumda 44 ta gol urmagandi. O‘shanda Londonning «Arsenal» klubi sobiq hujumchisi Terri Anri ushbu natijani qayd etgandi.
Mbappe o‘zining 44-golini Yevro—2020 musobaqasiga saralashdan o‘rin olgan Andorra—Fransiya (0:4) uchrashuvida kiritdi.
Bundan tashqari, bu 20 yoshli futbolchining professional faoliyatidagi 100-goli bo‘ldi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar