15:56 / 15.06.2019
2 983

Krishtianu Ronaldu uchun aqlbovar qilmas mavsum: raqamlar va rekordlar

Krishtianu Ronaldu uchun aqlbovar qilmas mavsum: raqamlar va rekordlar
"Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu o‘tgan mavsum haqidagi hissiyotlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Qanday unutilmas mavsum! Yangi tajribalar, katta klub, mukammal shahar, yangilangan rekordlar va yana uchta sovrin!

"Yuventus" muxlislariga meni Italiyada yaxshi kutib olishganlari uchun minnatdorchilik bildiraman! Siz bizning g‘alabalarimizdagi muhim o‘rinsiz!

Butun dunyodagi muxlislarimga va ayniqsa mamlakatimiz uchun yana bir tarixiy g‘alaba qozonishimizga yordam bergan barcha portugaliyaliklarga rahmat. Siz doim mening yuragimda o‘z o‘rningizga egasiz!

2019 yilda men bilan bo‘lgan ajoyib lahzalar va yangi rekordlar haqida unutmayman:

- Italiya Superkubogidagi g‘alaba goli;
- A Seriyadagi g‘alaba, eng yaxshi o‘yinchi va 21 ta gol;
- Millatlar Ligasidagi g‘alaba va xet-trik;
- Chempionlar Ligasida birinchi bo‘lib 100 ta g‘alaba va 125 ta gol urgan o‘yinchi;
- UYeFAning 10 ta sovrinini yutgan birinchi o‘yinchi;
- Terma jamoalar uchun barcha finallarda gol urgan birinchi o‘yinchi: Jahon chempionati, Yevropa Chempionati, Konfederatsiyalar Kubogi va Millatlar Ligasi;
- 2004 yildan 2019 yilgacha terma jamoalar ishtirokidagi oxirgi 10 ta finalning har birida gol urgan birinchi futbolchi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Krishtianu Ronaldu uchun aqlbovar qilmas mavsum: raqamlar va rekordlar