Jahon futbolining yulduzlarining shoxona avtomobillari

Millionlar o‘yini hisoblangan futbolda katta daromad topish mumkinligi hech kimga sir emas. Ayniqsa, Evropa tomonlarda to‘p surayotgan sayyoramizning eng yaxshi futbolchilari qimmatbaho mashinalardan foydalanishadi. Hattoki, qator ulovlarga ega ekanligini ham bilamiz. Xo‘sh, ular topayotgan millionlab daromadlari evaziga qanday mashinalarni sotib olishni afzal bilmoqda? Quyida mana shunga javob izlab topamiz.
Krishtianu Ronaldu
Sayoramizning eng kuchli futbolchilaridan biri bo‘lgan Krishtianu Ronalduning haqiqiy mashinabop o‘yinchi desa bo‘ladi. Portugaliyalik superyulduzning bugungi kunda avtoparkida 20ga yaqin ulovi bor. Umumiy qiymati, naq 5 million dollarga tengdir. Yaqinda futbolchi Lamborgini Aventador avtomashinasini sotib oldi. Buning uchun u 379 ming dollardan voz kechdi. So‘nggi vaqtlarda Ronaldu asosan oq rangli mashinalarni sotib olishni xush ko‘rmoqda. Mart oyida futbolchi 330 ming funt miqdoridagi Rolls-Royse Ghoct mashinasini sotib olgandi. Umuman olganda, futbolchi juda ko‘p maosh oladi. shuningdek, turli reklama roliklari orqali ham mo‘may daromad topadi. Shundan ma’lum bir foizini esa avtomobillarga sarf qiladi. Bundan tashqari, har yili “Real” jamoasi homiysi bo‘lgan Audi kompaniyasi tomonidan futbolchilarga mashina beriladi. Ronaldu komaniya bergan mashinalarni sotib, o‘rniga boshqacharoq tarzdagi ulovlarni sotib olishga odatlangan. Xullas, uning garajida maqtanshiga arziydigan mashinalarni istagancha topish mumkin.
Lionel Messi
Argentinalik futbolchi Messi ham Ronaldudan kam daromad topmaydi. Uning ham yillik daromadi salkam 70 million evroga teng ekanligini bilamiz. Albatta, qo‘shimcha, reklamadan tushadigan daromadlarni ham qo‘shsa bo‘ladi. “Barselona” superyulduzi Messi Cadillac Escalade mashinasini sotib oldi. Bu ulov Leoga 150 ming dollarga tushdi. Aytish kerakki, mashina juda shoxona tarzda bezatilgan. Hattoki, ichida uy kinoteatri ham joylashgan. So‘nggi vaqtlarda futbolchi asosan sport mashinalariga ko‘ngil qo‘ymoqda. To‘g‘ri, o‘z garajida 20ga yaqin mashinasi bo‘lmasa-da, asosan turli rusumdagi ulovlarni olishni kanda qilmaydi. Xususan Maserati turkumidagi mashinalarning asosiy xaridori aynan Messi hisoblanadi.
E’tiborlisi, yaqinda u sotib olgan Cadillac “Barselona” bazasidagi mashinalar to‘xtash joyiga sig‘masdan, talofat ko‘rdi. Shunga qaramay, Leo mashinasiga rahm qilmasdan, haydashda davom etmoqda.
Neymar
Braziliyalik iqtidorli futbolchi Neymar ham “Barselona”ga ko‘chib o‘tganidan so‘ng turli xil didlarni o‘ylab topadigan bo‘ldi. Shoxona bezatilgan uy sotib oldi. Bundan tashqari, o‘z imidjini o‘zgartirishga ruju qo‘ydi. To‘g‘ri-da, mo‘may kelayotgan daromadni bir joyda saqlashdan ma’no yo‘q. Pul borligida undan unumli foydalanib qolish muhim deya hisoblagan Neymar yaqinda o‘ziga 210 ming evro turadigan Ferrari California mashinasini sotib oldi. Juda shinam va chiroyli ko‘rinishga ega bo‘lgan ulov Neymarga yarashganligini ko‘rish mumkin. Futbolchi o‘z ijtimoiy tarmog‘ida mashinasi bilan tushgan rasmlarini joylashtirmoqda. Aytish kerak, puliga yarasha mashina xarid qilingan.
Jon Terri
“Chelsi” klubi sardori Jon Terri ham Britaniyaning eng badavlat futbolchilaridan biri desa bo‘ladi. Terri qanchalik boy futbolchi ekanligini bilamiz. Qolaversa, Jon ham ingliz futbolchilarga xos bo‘lgan hislati – mashinalarning shaydosidir. Uning garajida 10dan ortiq mashinalar bor. Ular orasida Ferrari, Aston Martin rusumidagi ulovi bor. Bundan ko‘ngli to‘lmagan himoyachi yaqinda Ferrari 275 GTB ni xarid qildi. Bu mashina Terriga naqd 1,5 million funtga tushdi. Qolaversa, mashinaning roli o‘ng tomonda joylashgan hamda jahon bozorida sanoqli sotiladi. Shuningdek, ichki qismida barcha sharoitlar yaratilgan. Jon ham Instagramdagi sahifasida mashinasini ko‘z-ko‘z qilishni boshlab yubordi. Bu ham futbolchilarning bir ermagi bo‘lsa kerakda.
Zlatan Ibragimovich
Shvesiyalik futbolchi ham pul topish borasida jahonning eng ya’shi futbolchilaridan biri desa bo‘ladi. Har yili Ibragimovich o‘ziga mos bo‘lgan mashinalarni sotib oladi. 2014 yilda futbolchi 380 ming evroga Ferrari rusumli mashinani sotib olib, Fransiya bo‘ylab sayr qilgandi. bundan ko‘ngli to‘lmagan shekilli, yaqinda 845 ming dollar evaziga Porsche 918 Spyder avto ulovini garajiga olib keldi. Ozirgi paytlarda bu mashina Evropada juda ommalashgan. Devid Bekxem ham aynan shu rusumdagi mashinani sotib olib, AQSh bo‘ylab sayyohaga chiqayotgandi. Ibragimovich ham Bekxemdan nimam kam degan fikrga borgan shekilli, cho‘ntagini ancha yengillatib oldi.
Karim Benzema
“Real”ning fransiyalik hujumchisi Karim Benzema ham mashinalarning asl shaydosi bo‘lgan futbolchilardan biridir. Hozirda futbolchi “Real”da haftasiga 170 ming evro miqdorida maosh oladi. Ikki oylik maoshini esa Benzema Bugatti Veyronni sotib olishga sarfladi. Bu mashina soatiga 427 kilometr tezlikda harakatlana oladi. Yana shuni qo‘shimcha qilish kerak, har yili “Real” futbolchilari Ispaniya avtodromida o‘zaro poygada ishtirok etishadi. Mazkur mini poygada boshqa jamoadoshlaridan ortda qolmaslik uchun Karim turli rusumdagi ulovlarni sotib olib, qatnashadi. Xullas, u ham har yili, modaga amal qilgan holda yangi mashinalarni xarid qiladi. Shuningdek, yoqmaganlarini sotib yuborishni lozim topadi. Bu uning imidjiga aylanmoqda desa bo‘ladi.
Ueyn Runi
“Manchester Yunayted”ning “Shrek”ki ham boshqa hamkasblaridan kam joyi yo‘q. Jamoaning eng ko‘p maosh oladigan yulduzi hisoblanadi. Shunga qaramay, Runi qimmat darajadagi ulovlarni miishni yoqtirmaydi. Qachon qaramay, u oddiy ko‘rinishdagi mashinalarni sotib olishga odatlangan. Yaqinda futbolchi qiymati 105 funt bo‘lgan BMW i8ni sotib oldi. Juda kichik shakldagi mashina quvvati benzinga ixtisoslashgan. Qolaversa, atrof-muhitga katta zarar keltirmaydi. Bilasiz, Angliya ko‘chalari mashinalardan chiqayotgan tutunlar orqali tabiat muhitning buzilishiga sabab bo‘ladigan mamlakat hisoblanadi. Puli ko‘p bo‘lishiga qaramay, Runi tartib intizom maslasiga amal qilgan holda zarrari kam tegadigan mashinalarning xizmatiga tayanadi.
Jibril Sisse
“Taksi” kinofilmida kichik rolni bajargan taniqli hujumchi Jibril Sisse ham mashinalarga qiziqishi yuqori. Uning ham Ronaldu singari garajida 20ga yaqin mashinasi bor. Futbolchi jamoasini almashtirib, boshqa mamlakatga ketadigan bo‘lsa, alohida samolyot xizmatiga tayanib, ulovlarini o‘zi bilan olib ketadi. Yaqinda Sisse 1968 yilda ishlab chiqarilgn – Chevrolet Corvette C3 sport mashinasini sotib oldi. Bunga futbolchi atiga 50 ming evro sarfladi xolos. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing