Ayni kunlarda Tailandning Pattayya shahrida kurash bo‘yicha 20 yoshgacha bo‘lganlar o‘rtasida Osiyo chempionati bo‘lib o‘tmoqda.
19 iyun kuni musobaqaning birinchi kunida -81 kg, -90 kg, -100 kg va 100 kilogrammdan yuqori vazndagi o‘g‘il bolalar hamda -44 kg, -48 kg, -52 kg, -57 kg vazn toifalaridagi qizlar o‘rtasida bahslar o‘tkazildi.
«Qit’a birinchiligining ilk kunida vakillarimiz 12ta (6ta oltin va 6ta kumush) medalni qo‘l kiritishdi. E’tiborli jihati, birinchi kungi bahslarda yigitlarimiz barcha vazn toifalarida yaqqol ustunlik bilan birinchi va ikkinchi o‘rinlarni band etishdi. Qizlarimizdan esa Iroda Mamasheva (-57 kg), Zarnigor Rahmiddinova (-52 kg) oltin, Barno Malikova (-44 kg) va Dillola Dehqonboyeva (-48 kg) kumush medalga sazovor bo‘lishdi», deyiladi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati xabarida.
Quyidagi Osiyo chempionatining dastlabki natijalari bilan tanishishi mumkin:
O‘g‘il bolalar
-81 kg
1-o‘rin: Umar Bozorov (O‘zbekiston)
2-o‘rin: Erkin Qozoqov (O‘zbekiston)
3-o‘rin: Chang Chi-Feng (Xitoy Taypei)
3-o‘rin: Bui Thein Hoang (Vetnam)
- 90 kg
1-o‘rin: Chahobiddin Hamroyev (O‘zbekiston)
2-o‘rin: Arnold Normo‘minov (O‘zbekiston)
3-o‘rin: Fan Kuan-Yu (Xitoy Taypei)
3-o‘rin: Sim Hyongbin (Janubiy Koreya)
-100 kg
1-o‘rin: Ro‘ziboy Narzullayev (O‘zbekiston)
2-o‘rin: E’zozbek Ravshanov (O‘zbekiston)
3-o‘rin: Harsh Ritolia (Hindiston)
3-o‘rin: Kim Jayemin (Janubiy Koreya)
+100 kg
1-o‘rin: Beknazar To‘raqulov (O‘zbekiston)
2-o‘rin: Umidjon Idiyev (O‘zbekiston)
3-o‘rin: Yanobabhi Dhananjaydn (Hindiston)
3-o‘rin: Phuvaded Charmchureye (Tailand)
Qizlar
-44 kg
1-o‘rin: Laxmi Kumari (Hindiston)
2-o‘rin: Barno Malikova (O‘zbekiston)
3-o‘rin: Chanida Khetrat (Tailand)
3-o‘rin: Damor Vishakha (Hindiston)
-48 kg
1-o‘rin: Do Tu Ha (Vetnam)
2-o‘rin: Dillola Dehqonboyeva (O‘zbekiston)
3-o‘rin: Hung Tzu-Yi (Xitoy Taypei)
3-o‘rin: Bui Ti Minh Anh (Vetnam)
-52 kg
1-o‘rin: Zarnigor Rahmiddinova (O‘zbekiston)
2-o‘rin: Sung Ya-Ting (Xitoy Taypei)
3-o‘rin: Yong Lian (Xitoy Taypei)
3-o‘rin: Navmiti (Hindiston)
-57 kg
1-o‘rin: Iroda Mamasheva (O‘zbekiston)
2-o‘rin: Ven Yun-Hua (Xitoy Taypeyi)
3-o‘rin: Kristi Charma (Nepal)
3-o‘rin: Kannika Klimali (Xitoy Taypei)
Musobaqa davom etmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?