12:45 / 27.06.2019
3 010

Gleb: "Messi uchun "Barselona" ushbu ikki futbolchidan voz kechgandi"

Gleb: "Messi uchun "Barselona" ushbu ikki futbolchidan voz kechgandi"
"Barselona" sobiq futbolchisi Aleksandr Glebning aytishiga ko‘ra, Ronaldino va Dekuning Kataloniya klubini tark etishi sababi Messi ekan.
"Ronaldino va Deku bir kuni mashg‘ulotlarga mast holda keldi. Rahbariyatdagilar ushbu futbolchilarning orasiga Messi ham qo‘shilib qolishidan qo‘rqdi. Aynan Messi tufayli rahbarlar ikki futbolchini sotib yubordi.

Men "Barselona"ga borishni istamagandim. "Bavariya"ga ketish yoki "Arsenal"da qolishni rejalashtirayotgandim. Ammo Gvardiola qo‘ng‘iroq qilib, o‘z jamoasiga chorlagandi.

"Barselona"ga o‘tganimdan keyin Terri Anri bilan bir xonada yashaganman. O‘lay agar zerikarli! U menga: "Istaganingcha yasha", degandi. U bilan bir xonada 1 oyni o‘tkazganman", - dedi Gleb.

Manba: championat.asia

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Gleb: "Messi uchun "Barselona" ushbu ikki futbolchidan voz kechgandi"