Luis Enrike 2015 yilning eng yaxshi murabbiyi bo‘ldi

"Barselona" jamoasi bosh murabbiyi Luis Enrike FIFA tomonidan o‘tgan 2015 yilning eng yaxshi murabbiyi sifatida tan olindi, deb xabar bermoqda Kun.uz nashri.
45 yoshli bu mutaxassis kataloniyaliklar jamoasi bilan o‘tgan mavsumda 5ta sovrin qo‘lga kiritdi: Ispaniya chempionligi, Ispaniya Kubogi, EChL kubogi, Evropa Superkubogi va klublar o‘rtasidagi jahon chempionati g‘olibligi.
Yilning eng yaxshi murabbiyi bo‘lish uchun asosiy 3 da’vogar orasida "Bavariya"ning ispaniyalik murabbiyi Xosep Gvardiola hamda Chili terma jamoasi bilan 2015 yilgi Amerika kubogida g‘olib chiqqan Xorxe Sampaoli ham bor edi.
Qayd etish kerakki, Luis Enrike “Oltin to‘p” topshirish marosimiga kelmagan.
Xosep Gvardiola ham ayni damda jamoa bilan Qatarda Bundesliganing ikkinchi qiqsmiga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Syurixga bu yo‘nalish bo‘yicha nomzodlardan faqat Xorxe Sampaoli tashrif buyurgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing